"O'ZBEKISTON KUBOGI" 1-O'RIN MUBORAK
"O'ZBEKISTON KUBOGI" 1-O'RIN MUBORAK
Joriy yilning 24-27-noyabr kunlari Toshkent shahrining "Yunusobod" sport majmuasida sportning taekwondo ITF bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o'tkazilgan O‘zbekiston Kubogi musobaqasida Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi II bosqich 2-21-guruh o'quvchisi Azamatova Parizoda Abror qizi raqiblaridan ustun kelib 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Parizoda Azamatovani bunday yurug'i bilan litsey rahbariyati, ustozlari, tengdoshlari nomidan tabriklab, keyingi musobaqalarda oliy o'rinlarni egallashini tilab qolamiz.
G'ALABA MUBORAK PARIZODAXON!