"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFATI" TADBIRI JARAYONIDAN.
"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFATI" TADBIRI JARAYONIDAN.
2022-yil 30-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2/18-1/3-74-sonli xati ijrosi bo'yicha "Jaholatga qarshi ma'rifat" tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi mas'ul xodimi Jahongir Valijonovich Meliqo'ziyev ishtirok etdi.
Mutaxassis J.Meliqo'ziyev mavzu doirasidan kelib chiqib tadbirni 3 qismga bo'lib, interaktiv usulda ochiq muloqot tarzida olib bordi.
O'quvchi-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi.