"MASHINALAR JANGI"
"MASHINALAR JANGI"
2022-yil 2-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida Prezidentimizning 5 tashabbusi doirasida o'quvchilarning g'oya va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularni rag'batlantirish maqsadida o'quvchilar tomonidan yasab takomillashtirilgan elektron mashinalar yordamida "Mashinalar jangi" musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqada 4-22-guruh o'quvchilari Atabayev Ahmadjon hamda Yusupov Nodirjonlar o'zlari yasagan zamonaviy elektron mashinalari bilan ishtirok etdi.
3 taymda mo'ljallangan musobaqa jangida Yusupov Nodirjon g'alabani qo'lga kiritdi.
Musobaqada ishtirok etgan barcha o'quvchi-yoshlarga va guruh rahbarlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.