"YOSH MATEMATIKLAR" BELLASHUVI JARAYONI
"YOSH MATEMATIKLAR" BELLASHUVI JARAYONI
2022-yil 17-dekabr kuni "Matematika va informatika" kafedrasi Matematika fani o'qituvchisi Djo'raboyev Oybek boshchiligida 5-22-guruh o'quvchilari bilan hamkorlikda "Yosh matematiklar" musobaqasi bo'lib o'tdi.
Ochiq darsda soha mutaxassislaridan Yo.Botirov, A.G'afforov va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Bellashuvda "Al-Xorazmiy" hamda "Al-Beruniy" jamoa o'quvchilari 6 ta shart bo'yicha bellashdi.
Bellashuv natijasiga ko'ra "Al-Xorazmiy" jamoasi o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Bellashuvdan asosiy maqsad o'quvchilar bilimini nazorat qilish, o'zaro ijobiy raqobat muhitini yaratish, jamoa bo'lib ishlashni o'rgatishdan iborat.