"ZAKOVAT" I MAVSUM YARIM FINAL SONI.

 "ZAKOVAT" I MAVSUM YARIM FINAL SONI.  

 2023-yil 4-fevral kuni TDTrU akademik litseyida “Zakovat” to‘garagining 1-kurslar uchun I mavsum yarim final soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

 O’yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Titans” (1-22-guruh), "Merkuriy" (1-22), “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), “O'zbekiston” (6-22-gr), jamoalari ishtirok etdi.

 Yarim final sonidagi “Zakovat sandiqchasi” raundi savoliga faqatgina "Titans" jamoasi ya'ni sandiqchada "qog'oz" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.  

Mavsumning yarim final natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar FINAL yo'llanmasini qo'lga kiritdi:

1-o'rin - "Titans" (79 ochko);
2-o'rin - "O'zbekiston yoshlari" (59 ochko);
3-o'rin - "Ishonch" (57 ochko). 

 FINAL sonida, bilimlar maydonida uchrashguncha!

Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech