KITOBLAR KO'RGAZMASI
Kitobsevar o'quvchi-yoshlar uchun KITOBLAR KO'RGAZMASI
Joriy yilning 17-fevral kuni TDTrU akademik litseyi ARM bo'limi va G'afur G'ulom nashriyoti tashabbusi bilan kitobsevar o'quvchilar uchun "KITOBLAR KO'RGAZMASI" aksiyasi tashkil etiladi.
Aksiyada nafaqat o'quvchilar, balki o'qituvchilar ham o'zlari yoqtirgan turli nomdagi kitoblarini arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishlari, kitoblar olamida mamnuniyat bilan sayr qilishlari mumkin.
Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang, zero, "Kitob va kitobxonlik ma'naviyat ko'zgusi"dir.
Ko'rgazma 17-fevral kuni 10:30 dan 14:00 ga qadar bo'lib o'tadi.