"BOBUR - BUYUK SHOIR VA SARKARDA" TADBIRI JARAYONIDAN.

"BOBUR - BUYUK SHOIR VA SARKARDA" TADBIRI JARAYONIDAN.

2023-yil 22-fevral kuni TDTrU akademik litseyida dilbar shaxs Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Bobur - buyuk shoir va sarkarda" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

 Tadbirni YoBIBDO' A.Ikromov ochib berib, Zahiriddin Muhammad Boburdagi insoniy fazilatlar, shuningdek, buyuk adib asarlarining mazmun-mohiyati haqida gapirib o'tdi. Adib ijodi bo'yicha universitet ustozlari ham o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir avvalida ijodiy insholar tanlovida g'olib bo'lgan o'quvchi-yoshlar rahbariyatning diplom va esdalik ko'krak nishoni bilan taqdirlandi, 

Tadbirda Bobur mirzo ijodidan ruboiy va g'azallar, jozibador raqslar, kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari iste'dodli o'quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.  

Bobur mirzo ruhlari barchamizga madadkor bo'lsin!

Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech