"ZAKOVAT" TO'GARAGI FINAL SONI JARAYONIDAN
"ZAKOVAT" TO'GARAGI FINAL SONI JARAYONIDAN
2023-yil 1-mart kuni TDTrU akademik litseyida o'qituvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli va samarali o'tkazish maqsadida “Zakovat” to'garagining FINAL SONI yuqori kayfiyatda o’tkazildi. To'garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.
Final yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Titans”, "O'zbekiston yoshlari", “Ishonch” jamoa bilimdonlari bilim borasida bellashdi.
O'yinning “Zakovat sandiqchasi” savoliga "Titans" hamda "Ishonch" jamoalari ya'ni sandiqchada "tish pastasi" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.
O’yin natijasiga ko'ra jamoalar quyidagi o'rinlarga munosib deb topildi.
1-o'rin - "Titans" jamoasi (12 ochko);
2-o'rin - "O'zbekiston yoshlari" jamoasi ( 9 ochko);
3-o'rin - "Ishonch" jamoasi (7 ochko).
Barcha jamoa a'zolari diplom, medal hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Hamjihatlikdagi barcha jamoa bilimdonlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
"Zakovat"ning keyingi mavsumlarida ko'rishguncha!