"Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim" katta sayli Toshkent kanalida namoyish etildi.

2023-yil 11-mart kuni TDTrU akademik litseyida qadimiy va navqiron umumxalq Navro'z bayramiga bag'ishlab o'tkazilgan "Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim" katta sayli OAV dan Toshkent kanalida namoyish etildi.

Tadbirni ijrochi direktor M.T.Xasanova ochib berib, barchani Navro'z bayrami bilan samimiy qutladi.

 Tadbirda transport prokuraturasi prokurori H.Nabiyevna, transport universiteti prorektori D.Xamidullayevich, TDPU prorektori F.Ro'zimbayevna hamda FVV Akademiyasi rahbariyati va orkestri, "Sharqona" jamoalari ishtirok etdi.

 Tadbirda "Akademik litsey iftixori" stipendiyasi g'oliblari sertifikat bilan taqdirlandi.

 Tadbirda barcha guruh o'quvchilari tomonidan diltortar raqslar, kuy-qo'shiqlar, sport chiqishlari mahorat bilan ijro etildi.

 Tadbirda "Eng yaxshi milliy taomlar", "Enh yaxshi milliy liboslar", "Eng yaxshi milliy qadriyatlar namoyishi" tanlov g'oliblari ham munosib taqdirlandi.

Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech