"MOZIYGA SAYOHAT" JARAYONIDAN

"MOZIYGA SAYOHAT" JARAYONIDAN

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 172-sonli bayoni ijrosi yuzasidan 2023-yil 24-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 3-21-guruh rahbari S.Tojiyev hamda guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda “Islom Karimov uy muzeyi"ga tashrif buyurdi.
 Muzeydagi mutaxassislar o’quvchi-yoshlarni yaxshi kutib olib, ularga muzey tarixi, buyuk davlat arbobi, mustaqillik asoschisi Islom Karimovning bosib o’tgan mashaqqatli hayot yo’li, ko’rsatgan jasorati, insonparvarligi, xalqparvarligi haqidagi ma'lumotlar muzey xodimlari tomonidan batafsil yetkazildi. 

Bundan tashqari muzeyda fayz berib turgan Islom Karimov surati, haykallari  o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi. 

O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldi.

O'quvchilarnig moziyga sayohatlari reja asosida davom etadi.

Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech