2021-yil 22-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o‘quvchilari uchun I MAVSUM FINAL soni ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2021-yil 22-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o‘quvchilari uchun I MAVSUM FINAL soni ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirni litsey direktori M.T.Xasanova ochib berib, barcha jamoalarga omad tilab, ilm yo‘lining mashaqqati og‘ir ekanligiga qaramasdan olg‘a borishlarini so‘rab qoldi. O‘yinda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 3 ta jamoa: “Liderlar” (101-gr), “Kelajak avlodlari” (105-gr), “Ekonomik” (107-gr) jamoalari I mavsum davomida o‘rgangan barcha bilimlar sarhisobini namoyish etish uchun ishtirok etdi. Final sonidagi “Suratdagi sir” raundidagi savolga 1 ta jamoa to‘g‘ri javob topdi. “Zakovat” sandiqchasi raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “uzum” borligini “Ekonomik” jamoasi to‘g‘ri topdi. Final sonida jamoalar quyidagi o‘rinlarni egallashdi:
1-o‘rin: 107-guruhning “EKONOMIK” jamoasi.
2-o‘rin: 101-guruhning “LIDERLAR” jamoasi.
3-o‘rin: 105-guruhning “KELAJAK AVLODLARI” jamoasi.
Jamoa a’zolari maxsus diplom, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi