“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual to‘garagining bayram soni o‘tkazildi.

2021-yil 17-sentabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual to‘garagining  bayram soni o‘tkazildi. O‘yinda 7 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Quvnoqlar” (201-guruh), “Studentlar” (202-gr), “Infinit” (203-gr), “Ziyo” (204-gr), “Arslonlar” (205-gr), “Real” (206-gr), “Legenda” (208-gr) jamoalari  darsdan keyin bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o‘yinda bilim darajalarini sinash, uni rivojlantirish, turli mavzudagi yangiliklardan, kashfiyotlardan, ixtirolardan xabardor bo‘lish maqsadida ishtirok etdilar. O‘yinning 1-sonida jamoalarning to‘plagan ochkolari quyidagicha aniqlandi: “Real” – 3 ochko, “Ziyo” – 3, “Quvnoqlar” – 4, “Studentlar” – 4, “Infinit” – 4, “Legenda” – 4, “Arslonlar” - 5 ochko bilan o‘yin  o‘yin g‘olibiga aylandi. O‘yin so‘ngida barcha jamoalar esdalik diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech