2022-yil 26-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 4-soni o’tkazildi
2022-yil 26-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 4-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Liderlar” (101-guruh), “Aristokratlar” (101-gr), “Zukkolar” (102-gr), “Temuriylar” (104-gr), “Ziyolilar” (106-gr), “Intellekt” (107-gr) jamoalari darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazib kelmoqda. “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “pult” borligini hech qaysi jamoa topolmadi. 3 ochkoli “Sirli harf” raundida esa 2 ta jamoa 2 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning 4-soni bo’yicha jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Intellekt” – 2 ochko, “Zukkolar” – 3, “Aristokratlar” – 4, “Temuriylar” – 4, “Ziyolilar” – 4 ochko to’pladi va o’yin do’stlik g’alaba qozondi.