2022-yil 12-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 38-poliknika xodimlari bilan hamkorlikda “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o’tkazildi.

2022-yil 12-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 38-poliknika xodimlari bilan hamkorlikda “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirni Xotin-qizlar masalalari bo’yicha raisi R.Po’latova ochib berib, qiz bolalar o’rtasida tug’ma nasliy kasalliklarning, qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari xususida gapirib o’tdi. Tadbirda 38-poliknika ginekologi M.Rajabova hamda akademik litsey hamshirasi D.Rixsiyevalar o’smir qizlarda balog’at davrida parhez tutish reproduktiv salomatligiga ta’siri, erta qurilgan nikoh va qarindosh-urug’lar orasidagi nikohda organizmdagi fiziologik o’zgarishlar, erta turmush qurish oqibatida nosog’lom farzandlarning dunyoga kelishi, yosh oilalarning ajralib ketishlari haqidagi hayotiy misollar mutaxassislar tomonidan yetkazildi. O’quvchi-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech