2022-yil 13-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining 6-soni o’tkazildi. To'garakda 1-kurs o’quvchilari bilim borasida bellashdi.

2022-yil 13-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining 6-soni o’tkazildi. To'garakda 1-kurs o’quvchilari bilim borasida bellashdi. Bular: I.Raximjonov (102-gr), D.Nusratillayev (102-gr), A.Yo’ldoshev (107-gr), M.Eshonqulov (105-gr), A.Abduxoliqov (101-gr), J.Turdaliyev (101-gr), P.Azamatova (101-gr)lar darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o’yinda bilim darajasini sinash, uni rivojlantirish, bilmaganlarini bilish maqsadida ishtirok etib kelmoqda. O’quvchilarning bunday to’garaklardagi ishtiroki hamda qiziqishlari juda yuqori. 4 tur bo’yicha o’tkazilgan bilimlar bellashuv natijasiga ko’ra 1-o’rin hamda final yo’llanmasi 101-guruh o’quvchisi Parizoda Azamatovaga, 2-o’rin esa 101-guruh o’quvchisi Jo’rabek Turdaliyevlarga nasib etdi. O’z bilimini sinamoqchi bo’lgan bilimdon o’quvchi-yoshlarni taklif qilib qolamiz.
Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech