2022-yil 20-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining 7-soni o’tkazildi. To’garakni YOBIB direktor o’rinbosari A.T.Ikromov olib bordi.
2022-yil 20-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining 7-soni o’tkazildi. To’garakni YOBIB direktor o’rinbosari A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 1-kurs o’quvchilari bilim borasida bellashdi. Bular: D.Mardonqulov (107-gr), X.Xakimxonov (103-gr), A.Abduxoliqov (101-gr), A.Yo’ldoshev (107-gr), I.Raximjonov (102-gr), N.Yahyoyev (107-gr), D.Nusratillayev (102-gr)lar darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o’yinda bilim darajasini sinash, uni rivojlantirish, bilmaganlarini bilish maqsadida ishtirok etib kelmoqda. O’quvchilarning bunday to’garaklardagi ishtiroki hamda qiziqishlari juda yuqori. 4 tur bo’yicha o’tkazilgan bilimlar bellashuv natijasiga ko’ra 1-o’rin hamda final yo’llanmasi 103-guruh o’quvchisi Xamidxon Xakimxonovga, 2-o’rin esa 107-guruh o’quvchisi Asilbek Yo’ldoshevlarga nasib etdi. O’z bilimini sinamoqchi bo’lgan bilimdon o’quvchi-yoshlarni taklif qilib qolamiz.