2022-yil 7-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 9-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 4 ta jamoa ishtirok etdi.
2022-yil 7-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 9-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 4 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Liderlar” (101-guruh), “Aristokratlar” (101-gr), “Zukkolar” (102-gr), “Intellekt” (107-gr) jamoalari darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazib kelmoqda. “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “o’chirg’ich” borligini 2 ta jamoa to’g’ri topib 1 ochkoni qo’lga kiritdi. 3 ochkoli “Blits-savol” raundida esa 3 ta jamoa 2 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning 9-soni bo’yicha jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Liderlar” – 9 ochko, “Zukkolar” – 9, “Aristokratlar” – 10, “Intellekt” – 13 ochko to’pladi va o’yin go’libiga aylandi.