2022-yil 21-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 11-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 4 ta jamoa ishtirok etdi.
2022-yil 21-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 11-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 4 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Liderlar” (101-guruh), “Aristokratlar” (101-gr), “Zukkolar” (102-gr), “Intellekt” (107-gr) jamoalari darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazib kelmoqda. “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “tanga” borligini 2 ta jamoa bilimdonlari to’g’ri topib 1 ochkoni qo’lga kiritdi. 3 ochkoli “Ha va yo’q” raundida esa “Zukkolar” jamoasi 3 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning 11-soni bo’yicha jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Aristokratlar” – 3 ochko, “Intellekt” – 8 “Liderlar” – 10, “Zukkolar” – 11 ochko to’pladi va o’yin go’libiga aylandi.