2022-yil 24-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Rus tili fani o’qituvchisi Sayyora Yusupovna boshchiligida 102-guruh o’quvchilari bilan “Предлоги. Музеи мира” mavzusidagi ochiq dars noan’anaviy tarzda o’tkazildi.

2022-yil 24-may kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Rus tili fani o’qituvchisi Sayyora Yusupovna boshchiligida 102-guruh o’quvchilari bilan “Предлоги. Музеи мира” mavzusidagi ochiq dars noan’anaviy tarzda o’tkazildi. Mavzu yuzasidan fan o’qituvchisi slayd namoyishida yanada kengroq tushuntirib, o’quvchi-yoshlarning bilimini rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalandi. Shuningdek, o’quvchilarda jamoa bilan ishlash, o’z fikrini mustaqil bayon etish ko’nikmasini shakllantirish maqsadida guruhlarga bo’lib, qiziqarli metodlarni qo’llab, har bir o’quvchini rag’batlantirish usulidan mohirona foydalandi. Olib borilgan ochiq dars savol-javob metodi orqali juda qiziqarli va samarali o’tdi. Dars yakunida kafedra mudiri, rahbar o'rinbosarlari, fan o'qituvchilari o'zining fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.
Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech