⚡️ 2022-yil 10-iyun kuni TDTrU akademik litseyida “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun II mavsum FINAL soni o’tkazildi.

2022-yil 10-iyun kuni TDTrU akademik litseyida “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun II mavsum FINAL soni ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Tadbirni litsey direktori M.T.Xasanova ochib berib, barcha jamoalarga omad tilab, ertangi kelejakni qurmoq uchun ilm yo’lidan borish kerakligini ta’kidlab o’tdi. Mavsumda eng ko’p ochko to’plab, final yo’llanmasini qo’lga kiritgan “Liderlar” “Zukkolar” “Intellekt” bilim borasida bellashdi. Ba’zi raundlarni tahlil qiladigan bo’lsak, o’yinning 3 ochkoli “Blits-savol” raundidagi savolga “Intellekt” jamoasi to’g’ri javob topib, o’z jamoasiga 3 ochkoni olib keldi. Final sonida jamoalar quyidagi o’rinlarni egallashdi: 
1️⃣-o’rin: “INTELLEKT” jamoasi (107-gr). 
2️⃣-o’rin: “LIDERLAR” jamoasi (101-gr). 
3️⃣-o’rin: “ZUKKOLAR” jamoasi (102-gr). 
Tadbir so’ngida har bir jamoa a’zosi maxsus diplom, badiiy kitoblar bilan taqdirlandi. Bosh sovrin mobil telefon “Intellekt” jamoasi sardori Nurulloxon Yaxyoyevga nasib qildi. Keyingi “Zakovat” mavsumlarida ko’rishguncha.

Чтобы прослушать текст, выделите его и нажмите кнопку прослушивания Powered by GSpeech