"ZAKOVAT" I MAVSUM 1-SONI.
2022-yil 6-oktyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 1-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.
O’yinda 5 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Titans” (1-22-guruh), “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), “O'zbekiston” (6-22-gr), jamoalari ishtirok etdi.
Mavsumning ilk sonidagi ayrim raundlarni tahlil qiladigan bo’lsak, o’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “igna” borligini hech qaysi jamoa topisholmadi.
O’yinning 1-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Ishonch” – 4 ochko, “O'zbekiston yoshlari” – 4, “O'zbekiston” – 4, “Everest” – 4, “Titans” – 5 ochko bilan o‘yin g’olibiga aylandi.
To’garak faoliyati har hafta Payshanba kuni o’tkaziladi.