"Intellektual ring" I mavsumi 1-soni. Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining 1-kurslar o’rtasidagi ilk soni 2022-yil 18-oktyabr kuni o’tkazildi.
"Intellektual ring" I mavsumi 1-soni.
Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining 1-kurslar o’rtasidagi ilk soni 2022-yil 18-oktyabr kuni o’tkazildi. To’garakni YBIB direktor o’rinbosari A.T.Ikromov olib bordi.
Bilimlar bellashuvida quyidagi o'quvchilar: X.Abdusamatova (5-22-gr), A.Maxsudov (1-22-gr), Sh.Shoturg’unov (6-22-gr), S.Xodjayev (6-22-gr), S.Odilova (5-22-gr), M.Eshboyeva (2-22-gr), I.Muhamedov (5-22-gr)lar ishtirok etdi.
4 tur bo’yicha o’tkazilgan bilimlar bellashuvi natijasiga ko’ra 1-o’rin hamda final yo’llanmasi 1-22-guruh o’quvchisi Abdug’afur Maxsudovga, 2-o’rin esa 5-22-guruh o’quvchisi Soliha Odilovalarga nasib etdi.
O’z bilimini sinamoqchi bo’lgan bilimdon o’quvchi-yoshlarni taklif qilib qolamiz.