TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI  AKADEMIK LITSEYI HAQIDA MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-maydagi PQ-4703-sonli qaroriga asosan, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash qurish va ekspluatatsiya instituti akademik litseylari negizida Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi tashkil etildi.

Akademik litseyda o‘qish muddati ikki yil bo‘liblitsey bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom va mutaxassislik sertifikati beriladi.

Akademik litseyda 25 ta o‘quv xonasi, axborot-resurs kutubxonasi, 150 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan faollar zali, sport zali, sport maydonchalari, hamda ovqatlash joyi mavjud.

Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida aniq fanlar (texnika), aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonlari tajribali o‘qituvchi va murabbiylar tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

O‘quvchi-yoshlar chuqurlashtirilgan aniq fanlar (texnika) yo‘nalishi bo‘yicha (matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari) hamda aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi (matematika, ingliz tili) bo‘yicha zamonaviy o‘qitish metodikalaridan foydalanib, dars jarayonlari an’anaviy va noan’anaviy tarzda olib boriladi.

 Bundan tashqari, akademik litsey o‘quvchilariga asosiy ingliz tili fanidan tashqari ikkinchi xorijiy til (xitoy tili) fani o‘rgatiladi. Shuningdek, akademik litseyda universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan kengaytirilgan o‘quv dasturi asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi.

Umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tugatgan 9-sinf bitiruvchilari akademik litseyda Davlat imtihonlarini 2-bosqichda topshiriladi.

Birinchi boshqich – universitet rektorining buyrug‘i asosida dastlabki saralash imtihoni o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich – Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTS) tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi.  

  1. Aniq fanlar (texnika) yo‘nalishi  (matematika, fizika, IQ test);
  2. Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi  (matematika, ingliz tili, IQ test).

 Yo‘nalishlarning  asosiy maqsadi –  o‘quvchilarga tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasini yuksaltirish, nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilishni, muhokama va muzokara olib borishni, ishlarni bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantirishni, shuningdek, matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish mahoratini  rivojlantirishdan iborat.

Akademik litseyda 16 ta fan to‘garagi, 5 ta sport va 4 ta ijodiy to‘garaklar faoliyat yuritadi.

Akademik litseyda bugungi kunda o‘quvchilar soni 268 nafarni tashkil etadi. O‘qituvchi-pedagog hamda ishchi-xodimlar esa 50 nafardan iborat bo‘lib, shulardan 24 nafari asosiy shtatda faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Akademik litseyning boshqaruv rahbarlari:

  1. Xasanova Marxabо Turayevna – akademik litsey ijrochi direktori.
  2. Primov Dilmurod Dusmatovich – o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
  3. Ikromov Amriddin Toyirovich – yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
  4. Xudayarov Husniddin Qoplonovich – moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
  5. Bobonorov Shoxruh Qosimovich – o‘quv bo‘limi boshlig‘i.
  6. Yuldashev Bog‘ibek Ikromovich – o‘quv bo‘limi uslubchisi.

 

Akademik litseyda o‘quvchi-yoshlarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida fan, sport, musiqa, intellektual sohadagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, “Al-Xorazmiy izdoshlari”, “Matematik tafakkur”, “Yosh dasturchi”, “We are a big family!”, “Zakovat”, “Intellektual ring”, “Eng zukko kitobxon”, “Aktyor”, “Bahor ansambli”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Mohir qo‘llar”, “Quvnoq xitoy tili”, “Arximed izdoshlari”, “Shaxmat bilimdoni” kabi to‘garaklar mutaxassislar tomonidan doimiy o‘tkazilib kelinmoqda.

Akademik litseyda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 4910-qarori bo‘yicha “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni talaygina. Shuningdek, sportning taekvando, kurash turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari tahsil olmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutlari bilan hamkorlikda master-klass hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda.

Akademik litsey o‘quvchilarining 80,3 % bitiruvchilari milliy universitetlardan tashqari xorijiy oliy o‘quv yurtlari, jumladan,  Rossiya, Shvetsariya, Turkiya, Fransiya, Polsha, Angliya, Yaponiya, Koreya kabi nufuzli xorijiy universitetlarida tahsil olmoqda.

 

 Akademik litsey manzili:

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 107-uy.

 

Ma’lumot uchun telefon raqamlari:

(99855) 506-01-33,               (99855) 506-01-88

 

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi manzillar:

Instagram: https://www.instagram.com/tdtru_litsey/

Telegram: https://www.t.me/transportlitseyi

E-mail:  transportlitseyi@gmail.com

Sayt nomi: https://www.transportlitseyi.uz 

 

 

 

Ta’lim muassasasi ijrochi direktori                               M.T.Xasanova

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech