"ZAKOVAT" I MAVSUM 9-SONI. 1-KURS JARAYONI
"ZAKOVAT" I MAVSUM 9-SONI.
1-KURS JARAYONI
2022-yil 1-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 9-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi.
O’yinda 6 ta jamoa “Titans” (1-22-guruh), "Merkuriy" (1-22), “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), “O'zbekiston” (6-22-gr) jamoalari ishtirok etdi.
Mavsumning 9-sonidagi “Zakovat sandiqchasi” raundi savoliga 5 ta jamoa bilimdonlari ya'ni sandiqchada "kartoshka" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.
O’yinning 9-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Merkuriy” - 5, "Everest" - 7, "Ishonch” - 8, “O'zbekiston” – 8, "O'zbekiston yoshlari" - 11, “Titans” – 13 ochko bilan o‘yin g'olibiga aylandi.
To’garak faoliyati har hafta Payshanba kuni o’tkaziladi.