"ZAKOVAT" I MAVSUM 9-SONI. 1-KURS JARAYONI

 "ZAKOVAT" I MAVSUM 9-SONI. 
1-KURS JARAYONI

 2022-yil 1-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 9-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

 O’yinda 6 ta jamoa “Titans” (1-22-guruh), "Merkuriy" (1-22), “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), “O'zbekiston” (6-22-gr) jamoalari ishtirok etdi.

 Mavsumning 9-sonidagi “Zakovat sandiqchasi” raundi savoliga 5 ta jamoa bilimdonlari ya'ni sandiqchada "kartoshka" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.  

O’yinning 9-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha:  “Merkuriy” - 5, "Everest" - 7, "Ishonch” - 8, “O'zbekiston” – 8, "O'zbekiston yoshlari" - 11,  “Titans” – 13 ochko bilan o‘yin g'olibiga aylandi.

 To’garak faoliyati har hafta Payshanba kuni o’tkaziladi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech