"MUSIQA TERAPIYA" TRENINGI
"MUSIQA TERAPIYA" TRENINGI
Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida psixolog N.G'affarova hamda 1-21-guruh o'quvchilari bilan hamkorlikda musiqaning psixologik hamda tibbiy jihatdan foydalari, cholg'u asboblarining fiziologik ta'sirlari bo'yicha qiziqarli trening bo'lib o'tdi.
O'smirlik davrida kuzatilishi mumkun bo'lgan turli xil psixologik muammolar, stressli holatlar, nizoli vaziyatlardan chiqib ketish, ruhiyatdagi o'zgarishlarda foydalanishi mumkun bo'lgan musiqalar, kuy-qo'shiqlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Musiqa asboblaridan aynan torli, zarbli asboblardagi psixologik ta'sirlarini o'quvchilar o'zlarida his qilib ko'rishlari uchun akademik listey Musiqa to'garagi rahbari O.Toshtemirov yaqindan yordam berdi.