"MUSIQA TERAPIYA" TRENINGI

"MUSIQA TERAPIYA" TRENINGI 

  Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida psixolog N.G'affarova hamda 1-21-guruh o'quvchilari bilan hamkorlikda musiqaning  psixologik hamda tibbiy jihatdan foydalari, cholg'u asboblarining fiziologik ta'sirlari bo'yicha qiziqarli trening bo'lib o'tdi.
 O'smirlik davrida kuzatilishi mumkun bo'lgan turli xil psixologik muammolar, stressli holatlar, nizoli vaziyatlardan chiqib ketish, ruhiyatdagi o'zgarishlarda  foydalanishi mumkun bo'lgan musiqalar, kuy-qo'shiqlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.  
 Musiqa asboblaridan aynan torli, zarbli asboblardagi psixologik ta'sirlarini o'quvchilar o'zlarida his qilib ko'rishlari uchun akademik listey Musiqa to'garagi rahbari O.Toshtemirov yaqindan yordam berdi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech