"Sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz"
"Sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz"
2022-yil 14-oktyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida “O‘quvchi-yoshlar o’rtasida giyohvandlik, alkogolizim, azart o’yinlar va narkojinoyatlarning oldini olish” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademik litsey ijrochi direktori M.T.Xasanova, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali shifokor narkolog S.N.Intizorova, Shayxontohur tuman 42-sonli oilaviy poliknikasi shifokori S.Jumayevalar ishtirok etdi.
Yosh avlodni yot illatlardan asrash, sog’lom turmush tarziga yo’naltirish, ota-ona, mahallalar bilan hamkorlikda ishlash, ogohlikka chaqirishimiz bilan birga, ularni yuksak ma’naviy-ma’rifiy salohiyat sohiblari qilib, ertangi kelajak uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlarni tarbiyalash kerakligi mutaxassislar tomonidan aytib o’tildi.
Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyishi ham taqdim etildi.