"Sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz"


 "Sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz"

2022-yil 14-oktyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida “O‘quvchi-yoshlar o’rtasida giyohvandlik, alkogolizim, azart o’yinlar  va narkojinoyatlarning oldini olish” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda akademik litsey ijrochi direktori M.T.Xasanova, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filiali shifokor narkolog S.N.Intizorova, Shayxontohur tuman 42-sonli oilaviy poliknikasi shifokori S.Jumayevalar ishtirok etdi. 

 Yosh avlodni yot illatlardan asrash, sog’lom turmush tarziga yo’naltirish, ota-ona, mahallalar bilan hamkorlikda ishlash, ogohlikka chaqirishimiz bilan birga, ularni yuksak ma’naviy-ma’rifiy salohiyat sohiblari qilib, ertangi kelajak uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlarni tarbiyalash kerakligi mutaxassislar tomonidan aytib o’tildi.

 Tadbir davomida mavzuga oid videorolik namoyishi ham taqdim etildi.

 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech