2021-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tiliga – davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Millatim sha’nisan – ona tilim” mavzusida badiiy tadbir o‘tkazildi.

Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida  2021-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tiliga – davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Millatim sha’nisan – ona tilim” mavzusida badiiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, tadbirni akademik litsey direktori M.T.Xasanova ochib berib, Ona tilimizning 32 yillik shonli tarixi, boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklari, va, albatta, bugungu kundagi rivojlanishida ajdodlarimizning xizmati katta bo‘lganligini gapirib o‘tdi. 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech