"Intellektual ring" I mavsumi 3-soni.
"Intellektual ring" I mavsumi 3-soni.
Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Intellektual ring” to’garagining o'quvchilar o’rtasidagi 3-soni 2022-yil 1-noyabr kuni o’tkazildi. To’garakni YBIB direktor o’rinbosari A.T.Ikromov olib bordi.
Bilimlar bellashuvida quyidagi o'quvchilar: 1. X.Xolmatov (6-22), 2.S.G'ofurjonov (1-22), 3. J.Bozorov (5-22), 4. B.Erkinov (2-22) 5. U.Ismoilov (5-22), 6. X.Xakimxonov (3-21), 7. M.Raimjonov (1-22)lar ishtirok etdi.
4 tur bo’yicha o’tkazilgan bilimlar bellashuvi natijasiga ko’ra 1-o’rin hamda final yo’llanmasi 1-22-guruh o’quvchisi Sunnatilla G'ofurjonovga, 2-o’rin esa 5-22-guruh o’quvchisi Umidjon Ismoilovlarga nasib etdi.
O’z bilimini sinamoqchi bo’lgan bilimdon o’quvchi-yoshlarni taklif qilib qolamiz.