"ZAKOVAT" I MAVSUM 5-SONI. 1-KURS JARAYONI

 "ZAKOVAT" I MAVSUM 5-SONI. 
1-KURS JARAYONI

 2022-yil 3-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 5-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

 O’yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Titans” (1-22-guruh), "Merkuriy" (1-22), “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), “O'zbekiston” (6-22-gr), jamoalari ishtirok etdi.

 Mavsumning 5-sonidagi ayrim raundlarni tahlil qiladigan bo’lsak, o’yinning  “Zakovat sandiqchasi” raundi savoliga faqatgina "Everest" jamoasi ya'ni sandiqchada "qulf-kalit" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.  

O’yinning 5-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: "O'zbekiston yoshlari" - 2,“Merkuriy” – 2, “Ishonch” – 4, “O'zbekiston” – 4,  "Everest" - 5, “Titans” – 6 ochko bilan o‘yin  g’olibiga aylandi.

 To’garak faoliyati har hafta Payshanba kuni o’tkaziladi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech