"MEN BAXTLIMAN, CHUNKI..."

 "MEN BAXTLIMAN, CHUNKI..."

 2022-yil 9-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida akademik litsey psixologi N.G'affarova boshchiligida "Men baxtliman, chunki..." aksiyasi o'tkazildi. Aksiyada o'quvchi-yoshlar baxtning qadrini, baxtli bo'lish uchun nima asosiy sabab ekanliklarini yoritib berishdi. Aksiyada qiziqarli shartlar, metodikalar o'quvchi-yoshlar ishtirokida o'tkazildi. Aksiya shartlarida faol ishtirok etgan o'quvchilar sovg'alarni ham qo'lga kiritdi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech