"ZAKOVAT" I MAVSUM 7-SONI. 1-KURS JARAYONI

"ZAKOVAT" I MAVSUM 7-SONI. 
1-KURS JARAYONI

 2022-yil 17-noyabr kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurs o’quvchilari uchun I mavsum 7-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

 O’yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Titans” (1-22-guruh), "Merkuriy" (1-22), “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Ishonch” (5-22-gr), “Everest” (5-22-gr), “O'zbekiston” (6-22-gr), jamoalari ishtirok etdi.

 Mavsumning 7-sonidagi “Zakovat sandiqchasi” raundi savoliga 4 ta jamoa bilimdonlari ya'ni sandiqchada "xot-dog" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.  

O’yinning 7-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Merkuriy” – 2, “O'zbekiston” – 5, "Everest" - 5, "O'zbekiston yoshlari" - 7,    “Titans” – 7,   "Ishonch” – 7 ochko bilan o‘yin  do'stlik g'alaba qozondi.

 To’garak faoliyati har hafta Payshanba kuni o’tkaziladi.

 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech