2021-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 2-kurs o‘quvchilari uchun I mavsum 3-soni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

2021-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 2-kurs o‘quvchilari uchun I mavsum 3-soni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. O‘yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Quvnoqlar” (201-guruh), “Studentlar” (202-gr), “Infinit” (203-gr), “Arslonlar” (205-gr), “Real” (206-gr) “Legenda” (208-gr) jamoalari darsdan keyin bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tishi uchun ishtirok etdi. O‘yinning 3-sonida jamoalarning to‘plagan ochkolari quyidagicha: “Studentlar”– 3 ochko, “Legenda” – 4, “Infinit” – 4, “Real” – 5, “Quvnoqlar” – 6, “Arslonlar” – 8 ochko bilan o‘yin  g‘olibiga aylandi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech