"OTA-ONALARGA TASHAKKURNOMA YO'LLASH" JARAYONI

 "OTA-ONALARGA TASHAKKURNOMA YO'LLASH" JARAYONI 

 O'quvchi-yoshlarga ta'lim-tarbiya berish, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish har bir o'qituvchi va muassasaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

TDTrU akademik litseyida yarim o'quv yili davomida o'z tengdoshlariga har tomonlama namuna bo'lib kelayotgan bir guruh o'quvchilarning ota-onalari munosib taqdirlandi. 

 Akademik litsey rahbari M,Xasanova boshchiligida barcha guruhning namunali o'quvchilariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

 Shuningdek, kirib kelayotgan 2023-yil barchaga omadli, quvonchli, barakotli va xayrli bo'lib kelishini muassasa rahbari M.Xasanova  barcha o'quvchi, o'qituvchilarga tilab qoldi.  

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech