"MOZIYGA SAYOHAT" JARAYONIDAN

 "MOZIYGA SAYOHAT" JARAYONIDAN

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 172-sonli bayoni ijrosi yuzasidan 2022-yil 23-dekabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 7-22-guruh rahbari M.Abdujalilova hamda guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda “Temuriylar tarixi davlat” muzeyiga tashrif buyurdi.

 Muzeydagi mutaxassislar o’quvchi-yoshlarni yaxshi kutib olib, ularga muzey tarixi, buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temurning bosib o’tgan mashaqqatli hayot yo’li, ko’rsatgan jasorati, insonparvarligi, xalqparvarligi haqidagi ma'lumotlar muzey xodimlari tomonidan batafsil yetkazildi. 

 Bundan tashqari muzeyda fayz berib turgan Amir Temur surati, maketlar, urush paytida kiyilgan qadimiy kiyimlar, qurol-aslahalar  o'quvchilarga katta tassurot qoldirdi. 

 O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldi.

 O'quvchilarnig moziyga sayohatlari reja asosida davom etadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech