O'QITUVCHI-PEDAGOGLAR O'RTASIDAGI "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI JARAYONIDAN

 O'QITUVCHI-PEDAGOGLAR O'RTASIDAGI "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI JARAYONIDAN 

 2023-yil 6-yanvar kuni TDTrU akademik litseyida o'qituvchi-pedagog, ishchi-xodimlarning ta'til davrini mazmunli va samarali o'tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual o'yini yuqori kayfiyatda o’tkazildi. O'yinni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

O’yinda o'qituvchilar jamoasidan 5 ta jamoa “Intellekt”, "Yoshlik", “Fidokorlar”, “Algoritm”, “Tafakkur” jamoalari ishtirok etdi.

 O'yinning 10-sonidagi “Zakovat sandiqchasi” savoliga "Fidokorlar" jamoasi ya'ni sandiqchada "limon" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.  

O’yin natijasiga ko'ra jamoalar quyidagi o'rinlarga munosib deb topildi.
1-o'rin - "Yoshlik" jamoasi (14 ochko);
2-o'rin - "Intellekt" jamoasi (13 ochko);
3-o'rin - "Fidokorlar" jamoasi (11 ochko).

 Barcha jamoa a'zolari diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 Hamjihatlikda bo'lgan barcha jamoamiz vakillariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech