“Zakovat” intellektual to‘garagining 2-kurs o‘quvchilari uchun I mavsum 4-soni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
2021-yil 4-noyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 2-kurs o‘quvchilari uchun I mavsum 4-soni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. O‘yinda 7 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Quvnoqlar” (201-guruh), “Studentlar” (202-gr), “Infinit” (203-gr), “Arslonlar” (205-gr), “Elegant” (206-gr), “Toronto” (206-gr), “Legenda” (208-gr) jamoalari darsdan keyin bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tishi uchun ishtirok etdi. O‘yinning 4-sonida jamoalarning to‘plagan ochkolari quyidagicha: “Elegant” – 4 ochko, “Toronto” – 4, “Arslonlar” – 6, “Legenda” – 6, “Quvnoqlar” – 6, “Studentlar”– 7 ochko bilan o‘yin g‘olibiga aylandi.