"YOSH QUTQARUVCHI - KELAJAK ISHONCHI" TADBIRI JARAYONIDAN.

 "YOSH QUTQARUVCHI - KELAJAK ISHONCHI" TADBIRI JARAYONIDAN.

2023-yil 15-fevral kuni TDTrU akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo'limlari bilan hamkorlikda "Yosh qutqaruvchi - kelajak ishonchi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

 Tadbirni YoBIBDO' A.Ikromov ochib berib, mavzu doirasida o’z fikrlarini bayon etib, yosh qutqaruvchi klubi faoliyatini hamkor tashkilotlar bilan birga tashkil etish va olib borish kerakligini aytib o’tdi. Seminarda Shayxontohur tumani FVB mutaxassisi  SH.M.Nishonbekov va boshqa mutaxassislar ham ishtirok etdi.

 Tadbirda o‘quvchi-yoshlarga favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi, bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalarni berildi, 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech