"TONG KUYCHISI - ZULFIYAXONIM" TADBIRI JARAYONIDAN.
"TONG KUYCHISI - ZULFIYAXONIM" TADBIRI JARAYONIDAN.
2023-yil 1-mart kuni TDTrU akademik litseyida hassos shoir Mirtemir ta'biri bilan aytganda "Tong kuychisi" bo'lgan Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag'ishlab "Tong kuychisi - Zulfiyaxonim" mavzusida ijodiy kecha bo'lib o'tdi.
Tadbirni YoBIBDO' A.Ikromov ochib berib, Zulfiyaxonimning o'zbek ayollariga xos fazilatlari, sabr-bardoshi, mustahkam irodasi, shuningdek, buyuk shoira she'rlarining mazmun-mohiyati haqida gapirib o'tdi.
Tadbirda ijodkor o'quvchi-yoshlar tomonidan shoiraning eng sara she'rlari bahr-u bayt ko'rinishida ijro etildi.
Zulfiyaxonim she'rlari hamon yashamoqda!