"ZAKOVAT" TO'GARAGI II MAVSUM 1-SONI.

 "ZAKOVAT" TO'GARAGI II MAVSUM 1-SONI. 

2023-yil 16-mart kuni TDTrU akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining  o’quvchi-yoshlar uchun II mavsum 1-soni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. 

To'garakda 5 ta jamoa “Titans” (1-22-guruh),  “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr), “Mustaqillik” (2-22-gr), “Iysberg” (5-22-gr), “Afina” (6-22-gr) jamoalari ishtirok etdi.

Mavsumning 1-sonidagi “Zakovat sandiqchasi” raundi savoliga 3 ta jamoa bilimdonlari ya'ni sandiqchada "shaxmat donalari" borligini to'g'ri topib, o'z jamoasiga 1 ochkoni olib keldi.  

O’yinning 1-sonida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha:  “Mustaqillik” -4, "Iysberg" - 4, "O'zbekiston yoshlari" - 6, "Afina” - 7, “Titans” – 8 ochko bilan o‘yin g'olibiga aylandi.

To’garak faoliyati har hafta Payshanba kuni o’tkaziladi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech