"Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi bu - mening Konstitutsiyam" tadbiri jarayonidan
"Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi bu - mening Konstitutsiyam" tadbiri jarayonidan
2023-yil 29-mart kuni TDTrU akademik litseyida 2023-yil 30-aprel kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi referendumida "Yangilangan Konstitutsiya loyihasi"ni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi bu - mening Konstitutsiyam" mavzusida tadbir o'tkazildi.
Tadbirni akademik litsey rahbari M.T.Xasanova ochib berib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, o'qituvchi-pedagoglarga tegishli moddalar tahlili ular tomonidan batafsil ochib berildi va barchani referendum kuni ovoz berish jarayonida faol bo'lishga chaqirdi.
Tadbirda rahbar o'rinbosarlari, jamoa tashkilotlari rahbarlari ham o'z yo'nalishiga tegishli moddalar mazmun-mohiyatini jamoa bilan o'rtoqlashdi va faol bo'lishga chaqirdi.
Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya hammamizniki!