"REFERENDUM VA O'QUVCHI-YOSHLAR" tadbiri jarayonidan
✅ 2023-yil 8-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 2023-yil 30-aprel kuni o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi referendumida "Yangilangan Konstitutsiya loyihasi"ni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2-kurs o'quvchilari bilan "Referendum va o'quvchi-yoshlar" mavzusida tadbir o'tkazildi.
✅ Tadbirni akademik litsey rahbari M.T.Xasanova ochib berib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, qo'shilgan moddalar ular tomonidan tahlil qilindi va barchani referendum kuni ovoz berish jarayonida faol bo'lishga chaqirdi.
❇️ Tadbirda TDTU professor-o'qituvchilari S.R.Berdiyev, I.S.Almatovlar, shuningdek, f.f.d.,dotsent H.Xushvaqtovlar ham oila, ta'lim, yoshlar, tibbiyot, sud tizimi kabi boshqa moddalar mazmun-mohiyatini o'quvchi-yoshlar bilan o'rtoqlashdi va ovoz berishda faol bo'lishga chaqirdi.
✅ Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya hammamizniki!