"ADIBLAR HAYOTI - YOSHLARGA IBRAT" TADBIRI JARAYONIDAN

❇️  2023-yilning 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi referendumida “Yangilangan Konstitutsiya loyihasi”ni qo’llab-quvvatlash, shuningdek, ichki turizm bo'yicha TDTrU akademik litseyi bir guruh o'qituvchi-o'quvchilarining “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi amalga oshirildi. 

♻️ Yoshlar yetakchisi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori I.Axmedova hamda o'qituvchilardan O.Djo'raboyevlar ijod olamida qalam tebratgan, o’zidan ma’naviy, tarixiy mavzularda ilmiy meros qoldirgan A.Navoiy, Z.M.Bobur, Zulfiyaxonim, H.Olimjon, E.Vohidov, A.Oripov, M.Yusuf kabi shoir, yozuvchilarning hayot yo’li ularning she’rlari, asarlarining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumot berdi. 

✅Tadbir davomida o’quvchi-yoshlar tomonidan shoirlar she’rlaridan namunalar ijro etildi. 

❇️ Bu sayohatlar orqali o’quvchilarni o’zbek adiblariga bo’lgan mehr-muhabbati yanada oshib boradi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech