⭕️ "YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA VA O'QUVCHI-YOSHLAR" tadbiri jarayonidan
❇️ 2023-yil 14-aprel kuni TDTrU akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi referendumida "Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi"ni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Yangilanayotgan Konstitutsiya va o'quvchi-yoshlar" mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi o'tkazildi.
✅ Tadbirda Shayxontohur tuman targ’ibotchi guruh a’zosi, demokratiya va inson huquqlari institutining boshqaruv a’zosi, dotsent, M.Usmonov o’quvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi.
❇️ Muloqot jarayonida amaldagi hamda yangilanayotgan Konstitutsiya o’rtasidagi asosiy faqr, yangilanayotgan o’zgarishlar, davlat ko’pgina soha vakillarini himoyalanayotganligi haqidagi moddalar mutaxassis tomonidan atroflicha yoritib berildi.
✅ Uchrashuvda 18 yoshga to’lgan o’quvchilar referendum kuni nimalarga rioya qilish kerak kabi bir nechta savollarini berib, javoblar oldi.
♻️ Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya hammamizniki!