⭕️ AKADEMIK LITSEY BITIRUVCHILARI TRANSPORT UNIVERSITETIDA

❇️ 2023-yil 14-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi referendumida "Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi"ni qo'llab-quvvatlash maqsadida TDTrU akademik litsey bitiruvchilari, guruh rahbarlari, pedagog-o'qituvchilarning Toshkent davlat transport universitetida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar" kuniga tashrifi amalga oshirildi.

✅ Tadbirda universitetning professor-o'qituvchilari, soha mutaxassislari o'quvchi-yoshlarning tanlangan yo'nalishlari, qiziqishlari bo'yicha ham nazariy, ham amaliyot jarayonida ko'rsatib, to'liq ma'lumot berib o'tdi,

❇️ Tashrif chog'ida bitiruvchilar o'z yo'nalishi bo'yicha fakultet tarixi, ichiga qamrab olgan bir nechta yo'nalishlar, shuningdek, bakalavr hamda magistratura bo'yicha ham mas'ullar tomonidan ma'lumotlar olishdi.

♻️ Bunday uchrashuvlar orqali o'quvchi-yoshlarning o'qishga, oliy o'quv yurtiga bo'lgan qiziqishlari yanada ortadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech