"MEHR-MURUVVAT BOR JOYDA BARAKA BO'LAR" TADBIRI JARAYONIDAN

2023-yil 20-aprel kuni TDTrU akademik litseyida Ramazon hayiti kuni munosabati bilan bir guruh o'quvchi-yoshlar, pedagog-o'qituvchilar hamda ishchi-xodimlar bilan "Mehr-muruvvat bor joyda baraka bo'lar" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.   

Tadbirni akademik litsey rahbari M.Xasanova ochib berib, barchani ramazon hayiti bilan qutlab, o'qish-u, ishlarida, oilasida xotirjamlik, baraka olib kelishini Yaratgandan so'radi. 

Tadbir davomida akademik litseyda nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan, shuningdek, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ulug' ayyom munosabati bilan sovg'alar tarqatildi.  

 Yoshi ulug' insonlarning qilgan duolari barchamizni o'z panohida asrasin. Tinchlik hukmron yurtimizga hech qachon ko'z tegmasin.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech