"ENG ZUKKO KITOBXON" TANLOVI JARAYONIDAN

 2023-yil 19-aprel kuni TDTrU akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi referendumida “Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi”ni qo’llab-quvvatlash maqsadida kitobga oshno o'quvchilar o'rtasida "Eng zukko kitobxon" tanlovi o’tkazildi.   

✅ Tanlovni akademik litsey rahbari M.Xasanova ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tilab, kitob mutolaa qilib, ilm yo'lidan borishlarini ta'kidlab o'tdi. 

 Tanlovni Sh.To'xtarova II bosqichda olib borildi. Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchi-yoshlar ko'pchilikni tashkil etdi.  

Tanlov natijalari va hakamlarning qaroriga ko'ra g'oliblar quyidagi o'rinlarni egallashdi:  

 1️⃣-o'rin: Abduraxmanova Farangiz (6-22gr);
 2️⃣-o'rin: Ilhomova Maftuna (6-22gr);
 3️⃣-o'rin: Baxtiyorova Madina (7-21gr).

 Barcha tanlov ishtirokchilari diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech