Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 4 kun dam oladi
Prezident Farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/6175)ga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
Unga ko‘ra Ramazon hayiti 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 22–24-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 4 kun dam olishadi:
21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;
22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);
23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;
24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
O‘quv jarayonlari joriy yil 25-aprel, seshanbadan boshlanadi.